SIFAT MEZONLARI
(metodik ishlanmalar chek-listi)
Materialni yuborishdan oldin uni chek-listning har bir bandi bo‘yicha tekshirish zarur. Chek-listdagi har bir band bosiladigan holatda. Muayyan bandni bosganingizda, siz batafsil tavsifni, plakatlarni va nomuvofiqlik misollarini ko‘rasiz.
Tartibli dizayn:
5.1 Varaqning sahifalash va tipografiya qoidalariga mosligi;
5.2 Illyustratsiyalar sifati chek-listiga mos keladigan illyustratsiyalarning mavjud;
5.3 Huquqlarni topshirilgan holatda logotip qo'yilgan bo'lishi kerak.
Mazmun va yuklab olishga oid xususiyatlar:
3.1 Tavsif. Tashqi belgilardan foydalanilmagan. Faqat bosh harflardan iborat yozuvni, bir nechta so'roq yoki undov belgilarini qo'llash taqiqlanadi. Tavsifda faqat muayyan materialga oid havolalar (7-8 tadan ko'p emas) yoki muallifning Marketpleysdagi boshqa ishlanmalariga havola qo'llanilgan, huquqlar topshirilgan holatda tavsifda havola keltirish taqiqilanadi. Tavsif unikal va kamida 800 belgidan iborat bo'lishi shart. Bo'sh qatorlar bo'lishi mumkin emas.
3.2 Muqova. Barcha talablarga javob beradi.
3.3 Material nomi. Begona ramzlar, smayliklar va belgilar qo'llanilmagan. Faqat bosh harflarni, bir nechta so'roq yoki undov belgilarini qo'llash man etiladi. Material turi va mavzusi ko'rsatilgan bo'lishi shart. Har bir material uchun unikal nom ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Material mavzusi «» qo'shtirnoqlar ichida berilgan.
3.4 Murakkab materiallar. O‘yinlar, lepbuklar, aplikatsiyalar, master-klasslar, hunarmandchilik ishlanmalarida faylning o‘zida ko‘rsatma mavjud bo‘lishi kerak. Material to'liq bo‘lishi, to'plamda materialda aytilgan barcha zarur metodik elementlar to‘liq mavjud bo‘lishi lozim.
3.5. Material filtrlari mazmunga (yosh, sinflar, fan mazmuni) mos keladi.
Qonunchilikka muvofiqlik:
1.1 Matnlarni tayyorlash va dizayn jarayonida sun’iy intellektdan foydalanilmaganligi (illyustratsiyalar yaratish mumkin);
1.2 O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 08.09 sanasida qabul qilingan №444-sonli «Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida»gi Qonuni;
1.3 Dunyo davlatlarining amaldagi xaritalari. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi xaritalari, O'zbekiston Respublikasining 2023 yil 13.09 sanasida qabul qilingan 868-sonli «Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi Qonuni;
1.4 Mualliflik huquqi. O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 20.07 sanasida qabul qilingan 42-sonli «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonuni;
1.5 Vatanparvarlik mavzusidagi materiallar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29.06 sanasidagi 267-sonli «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida»gi Qarori;
1.6 65% dan yuqori unikallik;
1.7 Muallifning oferta shartlariga rioya qilish (profilida muallifning haqiqiy FIOsi ko‘rsatilgan, ishlanma muallifning shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratilgan, materialga bo‘lgan huquqlar muallifga tegishli va boshqalar);
1.8 O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 05.07 sanasida qabul qilingan 699-sonli «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni;
1.9 Qonunchilikning boshqa jihatlari.
7.
6.
5.
4.
3.
2.
1.
Material sifati chek-listi
© 2026 Infolesson Marketpleysi
JAMOA BILAN BOG'LANISH